Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik mashhur opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi
Foto: RIA "Novosti"
Mashhur Dmitriy Xvorostovskiyning Facebook sahifasida uning oilasi tomonidan xabar e'lon qilindi. Unda aytilishicha, 55 yoshli qo‘shiqchi 22 noyabr kuni ertalab Londondagi uyida yaqinlari qurshovida hayotdan ko‘z yumgan.
Opera qo‘shiqchisining qarindoshlari Xvorostovskiy 2 yarim yildan beri miya saratoniga qarshi kurashib kelganini yodga olishgan.
Avvalroq Dmitriy Malikov shu haqda o‘z Twitter sahifasida xabar qilgan, keyinchalik tvitini o‘chirgan edi. Shundan so‘ng, TASS agentligi bilan suhbatda qo‘shiqchining Rossiyadagi vakilasi Anna Ilina bu xabarni tasdiqladi.
Mavzuga oid
08:10 / 07.11.2025
Italiyada opera xonandasi Abdurazzoqovning chiqishi bekor qilindi
08:43 / 12.10.2022
Opera san’atini targ‘ib qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi
09:11 / 14.01.2020
Nukusda opera san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi
12:02 / 06.10.2018