Turkiya xavfsizlik kuçlari mamlakat Moliya vazirligining 82 nafar sobiq xodimini qölga oliş böyiça amaliyot ötkazmoqda. Ular muxolifatçi Fathulloh Gulenning taşkiloti - FETO bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda NTV telekanali huquqni muhofaza qiliş idoralaridagi manbaga tayangan holda xabar berdi.
Hibsga oliş töğrisidagi orderlar Anqara prokuraturasi tomonidan berildi, ayni damga kelib 17 nafar gumonlanuvçi uşlangani aytilmoqda. Ta'kidlanişiça, ularning bari ByLock dasturi foydalanuvçilari hisoblanadi. Bu dastur esa, Turkiya hukumatiga köra, FETO a'zolari tomonidan şifrlangan xabarlar almaşişda işlatiladi.
Eslatib ötamiz, Turkiyada 2016 yilning 16 iyuliga ötar keçasi bir guruh isyonçilar harbiy töntarişga urinişni amalga oşirişdi. Asosiy qarama-qarşilik Anqara va Istanbulda yuz berdi. 240 dan ortiq fuqaro halok böldi, 2 mingdan köproq inson jarohatlandi, isyon bostirildi. Turkiyada şundan söng 50 mingdan oşiq kişi hibsga olindi, 140 mingdan köproq davlat xizmatçisi lavozimidan böşatildi yoki işdan çetlatildi.












