Zimbabvening köp yillik prezidenti Robert Mugabe mamlakat parlamenti uning impiçment qilinişiga qaror qilgandan keyin iste'foga çiqdi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Jyeykob Mudenda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Herald naşri. 

Şu tariqa, Mugabe parlament unga öz vakolatlarini topşiriş uçun bergan 24 soatlik muhlat tugaşini kutib ötirmadi.

Spiker parlamentdagi yiğilişni töxtatib, Mugabening  iste'foga ketişi haqidagi maktubini öqib eşittirgan. Mudenda yangi prezidentning nomi 22 noyabrdayoq e'lon qilinişini taklif qilgan. 

Mamlakatning yetakçi partiyasi ZANU-PF Mugabe iste'foga ketişni istamagandan keyin uning impiçmenti jarayonini boşlagandi.

Mugabe 1980 yil aprelida Zimbabvega boş vazir bölgan. 1987 yilning 31 dekabrida esa prezident etib saylangan. U bu lavozimga bir neça marta qayta saylangan. U 2013 yilda ötgan oxirgi prezidentlik saylovlarida 61 foiz ovoz töplay olgandi.