Muqaddam Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarga huquqiy yordam körsatiş MIGRANT.MOBI uzluksiz liniyasiga Özbekiston Respublikasi fuqarosi Feruza Akramovna Ötkirova murojaat qilgandi. Uning aytişiça, 3 noyabr kuni RF Içki işlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bölimi voyaga yetmaganlar işlari böyiça bölimi xodimlari 6 yoşli qizi Ruxşonani tortib olişgan va hanuzgaça berişmayapti.

Yurist Botir Şermatovning Kun.uz'ga malum qilişiça, RF Oila kodeksining 77 moddasida körsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib oliş huquqini yuzaga çiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga heç qanday tahdid yuzaga kelmagan.

Klindagi voyaga yetmaganlar uçun möljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida yaşab turgan Ruxşonani ma'muriyat onasiga qaytarişni rad etdi. Ularning ta'kidlaşiça, qizaloqda muşt va qöl izlari topilgan, şunday qilib Ruxşona ekspertiza tekşiruvidan ötişi söraladi.

«Oradan 19 kun ötib, muşt izi borligini aniqlaşgani hamda ekspertiza qilmoqçi ekanligi meni şubhalantiryapti. Qolaversa, bola onasi bilan uzoq muddat birga bölmasligi, uning ruhiy holatiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin», deydi Botir Şermatov.

Eslatib ötamiz, 3 noyabr kuni Feruza Ötkirova köçaga öz işlari bilan çiqib, qizaloğini tönğiç öğli (19 yoşli) bilan uyda qoldiradi. Öğlini zudlik bilan işxonasidan çaqirib qolişadi, u onasining uyali telefoniga qönğiroq qilib tuşa olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, işiga jönaydi. Aftidan, aka şoşganidan u uy eşigini qulflaşni yodidan çiqaradi yoki Ruxşonaning özi eşikni oça oladi, lekin qizaloq köçaga çiqadi va uni politsiya bölinmasiga olib ketişadi.

Qizning otasini Federatsiya hududidan şu oy deporatatsiya qilişgan, onaizor esa qizini begona yurtda, notaniş kimsalar qölidan olaolmayapti.