“TONG JAHONI” xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti Rossiyada 12 yildirki migrantlarga turli holatlarda bepul yordam berib kelmoqda. Migrantlar uçun körsatilayotgan barça xizmatlar bepul. Yaqinda taşkilot rahbari Valentina Çupik Moskva viloyatining Ramenskoye tumani Ostrovsi qişloğida joylaşgan Akmal Umarov direktori bölgan "Fabrika FReŞ" MÇJda migrantlar uçun navbatdagi seminarni ötkazdi. Bu safarda Çupikka KUN.UZ jurnalistlari ham hamrohlik qildi.
“Men migrantlar uçun bepul yuristman. Bu bilan 21 yildan beri şuğullanib kelmoqdaman. Sönggi 11 yil esa Rossiyada. Buni qalbimdan kelib çiqib qilaman, migrantlarga rahmim keladi. Özim ham migrantman va Rossiya fuqaroligini olişni xohlamayman. Bu migrantlar bilan töla aloqani yöqotmasligim uçun kerak”, - deydi Çupik.

Uning aytişiça, ötgan yil davomida 15 ming 887 murojaat kelib tuşgan. Bu yili esa ularning soni yana ham ösişi kutilmoqda. Ma'lum qilinişiça, murojaatlarning aksariyat qismi migrantlarning politsiya tomonidan noqonuniy qölga olinişi bilan boğliq. Bu murojaatlarning 60 foiziga tengligi aytildi.
“Umuman olganda, Rossiyada migrantlar bilan “mojaroga” boruvçi tomon bu Rossiya davlatidir. Murojaatlarning 75 foizidan ortiği RF davlat organlari xodimlari tomonidan migrantlarga nisbatan noqonuniy harakatlar bilan boğliq.


Ikkinçi örinda davlatdan noqonuniy tarzda çiqarib yuboriş. Statistikaga köra, har bir migrant sudga tuşib örtaça 15 ta huquqbuzarlik qurboniga aylanadi. Politsiyada esa bu 4 ta huquqbuzarlikni taşkil etadi. Demak, Rossiya Federatsiyasida asosiy huquqbuzarlar bu sudyalar.
Migrantlar kelib çiqişiga qarab qölga olinadi, ularga tarjimon, yuridik yordam taqdim etilmaydi, konsullik xabardor qilinmaydi. Ulardan köp holatlarda pul talab qilişadi va bu qölga olişlarning maqsadi qonuniylikni ta'minlaş emas, balki aynan uning buzilişidir. Sababi nolegal migrant odatda darhol pora beradi. Legal faoliyat olib boruvçi migrant esa buni qilmaydi, u özini himoya qiladi, hujjatlarini tekşirib körişni talab qiladi. Natijada u uzr sörab qöyib yuborilişning örniga, afsuski köp holatlarda sudga yetkaziladi. U yerda ham tarjimon taqdim etilmaydi, guvohning iştirokiga ruxsat berilmaydi, hujjatlari örganib çiqilmaydi. Bölişi mumkin bölgan barça protsessual huquqlarning barçasi buziladi. Ya'ni, jarayon audioga yozib olinmaydi, konsullik iştirok etmaydi. Bu jarayonlar yoki nomiga ötkaziladi, yoki eşituvlar umuman bölmaydi. Sudya kelib, politsiyaçidan röyxatni oladi va ketadi. Keyinçalik uning yordamçisi qaytib, politsiyaçiga mamlakatdan çiqarib yuboriş haqidagi qarorlar töplamini beradi va şu bilan jarayon tugaydi. Biz esa sudda 85 foizdan ortiq işlarni yutib olamiz. Bu biz şunday kuçli ekanimizdan emas, balki sudyalarning xatti-harakatidan dalolat beradi.
















