Toşkent metropoliteni bundan 40 yil ilgari, ya'ni 1977 yil ilk bor foydalanişga topşirilgandi. Davlat arbobi Şarof Raşidovning taşabbusi bilan Örta Osiyoda yagona Toşkent metropoliteni bunyod etilişi Sovet ittifoqi davrida ança olamşumul iş edi. Köp yillik maşaqqatli mehnat samarasida 1977 yilning 7 noyabr kuni birinçi metro qat'iy jadval böyiça harakatlana boşladi.
Özbekiston transport tizimida muhim va alohida öringa ega Toşkent metropolitenida qulayliklar yaratiş, yölovçilarni taşiş xavfsizligini ta'minlaş va ularga xizmat körsatiş madaniyatini yuksaltiriş borasida tinimsiz yangiliklar yaratiladi. Çilonzor, Özbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toşkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni taşkil etadi. Metropoliten 29 bekatdan iborat. Uşbu transport xizmatidan kuniga 200 mingga yaqin yölovçi foydalanadi.

Foto: Kamil Enikeyev

Foto: Kamil Enikeyev

Foto: Kamil Enikeyev
Mutaxassislar ma'lumotiga köra, ötgan muddat davomida 4 milliarddan ziyod yölovçiga xizmat körsatildi. Toşkent metropoliteni bekatlarini loyihalaşda eng malakali arxitektorlar, rassom va me'morlar iştirok etgan. Mustaqillik yillarida metropoliten çiroyli taşqi va içki dizayn, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bölgan vagonlar bilan ta'minlanmoqda, deb yozadi ÖzA.

Foto: Kamil Enikeyev



















