Afğoniston şarqidagi Jalolobod şahrida sodir etilgan portlaş oqibatida 10 kişi halok böldi, 20 dan köproq kişi yaralandi. Bu haqda şifokorlarga iqtibos keltirgan holda mahalliy 1TV kanali ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, portlaş tuman politsiyasining sobiq qömondoni uyi yonida sodir etilgan. Portlaş yuz berganini Nangarhor viloyati gubernatori vakili tasdiqlagan.  

Guvohlarning ma'lum qilişlariça, portlovçi qurilmani terrorçi-xudkuş harakatga keltirgan.

Hozirça birorta terrorçilik guruhi uşbu terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.