Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev yiğilişda şahardagi maktablar, kollejlar va akademik litseylar rahbarlarini sökib haqoratlagani, ayol direktorlarni tahqirlab yerga urgani ifodalangan audioyozuv KUN.UZ tahririyatiga yetib keldi.

Rahmatullayev rahbarligidagi uşbu yiğiliş ötgan oyda, Andijondan Toşkent viloyatiga poyezd orqali minglab terimçilar olib kelinganidan keyingi kunlarda bölib ötgan. Audioyozuvdan biliş mumkinki, şahar hokimi paxta terimiga belgilangan miqdorda terimçi jönata olmagan direktorlarni birma-bir turğazib, yiğilganlar oldida turli qöpol sözlar bilan sökadi va haqoratlaydi.

27 daqiqalik audiofayl Rahmatullayevning tilga olib bölmas sökinçli sözlari bilan tölib-toşgan.

«Hokimiyatning kuçini körsatib qöyaman senlarga. Bir joyimni qisib yuruvdim, oçiği. Boşqarma boşliği bölib işlaganmanda, ona tovuqqa öxşab bularni yonimda olib yurovurganman. Bular boşqarmasi bilan yurovursin, boşqarmasini aytganini qilsin, desam bular boşqaça qildi. Qani, Ma'ruf kim bilan işlaysan ekan. I***s, şu paytgaça sen demovdim. Hammangni bilaman». Bu uning Andijon tibbiyot kolleji direktori Ma'ruf Buvabekovni tahqirlaş davomida aytgan eng yumşoq sözlaridir.

Asli özi ham öqituvçi bölgan, keyinroq 11 yil davomida Andijon viloyati xalq ta'limi boşqarmasida işlagan Dilmurod Rahmatullayev 2016 yilda Andijon şahri hokimiga aylandi.

Bu hokim şu yilning avgustida KUN.UZ naşri bilan suhbatda muxbirning ta'lim sohasi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilişi köp yillardan beri kuzatilişi haqidagi savolga javob berarkan, yangi öquv yilida bunday salbiy holatlar takrorlanmasligiga va'da qilgandi.

Ammo u ham, öşa kunlarda u kabi va'da bergan boşqa hokimlar ham (Andijon, Namangan, Farğona, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari hokimlari şu jumladan) odamlarni aldagani ma'lum böldi, barça hududlarda ta'lim sohasi xodimlari paxta terimiga jalb etildi.

Natijada hokimlarning va'dasini olib bergan OAV ham xalqning işonçini yöqotdi.