Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyat faollari bilan paxta yiğim-terimiga bağişlab ötkazilgan yiğilişda paxta mavsumi yuzasidan viloyat aholisiga murojaat qilar ekan, byudjyet sohasi xodimlari va talabalarni paxtaga majburiy çiqariş jinoyat ekanligini alohida ta'kidlab ötdi.

Hokimning majlisda aytgan sözlari videosi va audiosi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan.

«Ötgan yili biz paxtaning bir kilosiga 230 sömdan pul tölaganmiz. Bu yil 410 sömdan terimçilar dalaning özida xohlaşsa bir kunlik, xohlaşsa beş kunlik 10 minglik va 50 ming sömlik, beli sinmagan yangi kupyuralarda naqd tölab beriladi. Men viloyat rahbari sifatida bunga va'da beraman», degan Ş.Abdurahmonov majlisda.

«Ikkinçi masala — terimçilarning dalada tuşlik masalasi. Biz fermerlarga hisob-kitob qildirib, jamiki mahsuloti — qöylargaça oldirdik. Tuşlikda göştli tekin ovqat taşkil etiladi. Yotoqqa boradiganlarga ertalabki nonuştasi va keçki ovqatini ham özimiz qilib beradigan bölyapmiz. Yoki uyida yoş bolasi bor ayollarni olaylik.

«Bolam bor-da, bölmasa çiqib terardim», deydigan ayollarimiz, opajonlarimiz, qizlarimiz terimga çiqişsa, farzandlarini bolalar boğçasiga joylaştirib, boğça pulini ham fermer hisobidan bir oylik vznosini (70 ming söm) ham tölatib beramiz».

«Biz ularning köngilli dam olişlari uçun konsertlar, terim vaqtida ularga kömak körsatiş maqsadida savdo yarmarkalarini ham taşkil qilib beramiz», degan viloyat hokimi.

Hokim taklifiga köra, hududlar böyiça işsiz yurgan fuqarolar mutasaddilar tomonidan eşikma-eşik röyxatga olinib, paxta dalasida işga taklif qilinadi.

«Fidoyi yoşlar otryadi» böyiça gapirar ekan, Ş.Abdurahmonov mahallada işsiz yurgan, uyuşmagan yoşlarni paxtaga jalb qiliş, jonbozlik körsatganlarga navbatsiz arzonlaştirilgan namunali uylardan berilişini e'lon qildi. Şunday yoşlarga imtiyozli kredit asosida çorva va parrandaçilik hayvonlari olib beriladigan böldi. Bundan taşqari, ular terim vaqtida turli sovğa-salomlar bilan rağbatlantirib boriladi.

«Ikkinçi ştab» deb nom olgan ştabga murojaat qilar ekan, hokim: «Hurmatli imom-domlalarimiz, otinoyilarimiz, hurmatli maktab direktorlari, boğça mudiralari, kollej direktorlari, QVP mudirlari! Rahmat, sizlar işlaringizni qilaveringlar, lekin birinçi rahbarlar mahallada eşikma-eşik, uyma-uy yurib, terimga odam jalb qiliş böyiça hammalaringiz guruh bölib yurasizlar», dedi.

Hokim işsiz yurganlar paxtada özini körsatsa, kelajakda viloyat hokimligi tomonidan kafolatlangan iş örni bilan ta'minlanişini ma'lum qildi. U şuningdek, bunday fuqarolarga turli tadbirkorlikni yölga qöyişi uçun imtiyozli kreditlar olib berilişini va'da qilgan.