Kongodan söng Yer kurrasidagi eng qaşşoq mamlakat bölmiş Zimbabvening oltin yoşlari hayotiga xuş kelibsiz. Bu yerda aholining aksariyat qismi qaşşoqlikda kun keçirayotganida, boylarning bolalari öz nafsini jilovlaş töğrisida öylab ham körişmagan. Xususiy samolyotlar, yaxtalar, kumuş «rolls-roys»lar, boğlam-boğlam dollarlar, oltin töpponçalar — Zimbabvening yoş elitasi dabdabali hayot tarzini yaxşigina özlaştirgan. Mahalliy oltin yoşlar taxtdan ağdarilgan Mugabening qarindoşlari ekanligiga nima deysiz? Oltin yoşlarning zarrin kunlariga ham nuqta qöyilarmikan endi? — deb savol beradi Daily Mail.

Ular Zimbabve aholisining uçdan ikki qismi singari non uçun navbatga turmaydi. Ular dunyodagi eng qimmatbaho avtomobillarda sayr qilişadi va şişasi bir neça ming dollar turuvçi içimliklarni içişadi. Qaşşoqlik böyiça jahonda ikkinçi mamlakat elitasining farzandlari uçun Parij yoki Dubayda şoping qiliş (u yerga albatta tillaga burkangan şaxsiy samolyotlarda uçiladi) odatiy hol. Va eng asosiysi — ular boyliklarini ijtimoiy tarmoqlarda köz-köz qilişni kanda qilişmaydi.

«Eng toza» narsalarga mukkasidan ketgani uçun Greys Guççi deb nom olgan birinçi xonimning farzandlari ham onadan qolişmaydi: Mugabening öğillari — 24 yoşli kiçik Robert Mugabe va 20 yoşli Çatunga Mugabe (öngda).

Sentyabrda Kiçik Robert ikkita Rolls-Royce xarid qilgan va yaqindagina Dubayda u birga suratga tuşgan qora «Betmobil» bilan maqtangan edi.

Bundan taşqari, diktatorning tönğiçi Instagramda intereri töliq tilla bilan qoplangan xususiy samolyotda sayohat qilayotganini bir neça bor köz-köz qilgan.

Boyvaçça ösmir taşqi körinişi uçun ham aslo iqtisod qilmaydi. Yaqinda u timsoh terisidan tikilgan Juzeppe Dzanotti dizaynerligidagi krossovka bilan maqtangan edi. Tilla suvi yuritilgan poyabzal 14 ming AQŞ dollari turadi.