Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva lavozimga kirişganidan keyingi ilk murojaatida mamlakatda nolinçi yillar boşida avvalgi prezident Robert Mugabe tomonidan ötkazilgan yer islohoti tufayli mulklarini yöqotgan oq tanli fermerlarning zararlarini qoplab berişga va'da berdi.
«Mening hukumatim öşa vaqtda öz yerlari tortib olingan fermerlarning yöqotişlarini qoplaşga mas'uldir», — degan Mnangagva.
Mr Mnangagwa pledges to compensate farmers whose land was confiscated under Mugabe's controversial land redistribution programme pic.twitter.com/MGoOwnZwaA
— Sky News (@SkyNews) November 24, 2017
2000 yilda Zimbabve hukumati «tezkor agrar islohot» boşlagan, keyingi 3 yil içida 4300ta ferma 127 mingdan ziyod qora tanli dehqonlar qöliga ötgandi. Oq tanlilar mamlakatdan ommaviy ravişda qoçişni boşlaydi, yerlarning yangi xöjayinlarida — sobiq partizanlarda esa fermerlik qiliş böyiça zarur bilim va könikma yöqligi tufayli, agrar soha inqirozga uçraydi.
Mnangagva bugundan Zimbabve prezidentiga aylandi.












