Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva qasamyod qabul qildi va rasman mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Bu haqda AFP xabar tarqatmoqda.

U mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar ötkazilgungaça boşqaradi. 

75 yoşli Mnangagva noyabr boşida Robert Mugabe tomonidan vitse-prezident lavozimidan çetlatilgandi. Mugabe hokimiyatni öz rafiqasi Greys Mugabega qoldirmoqçi bölgani uçun şunday qaror qabul qilgandi. Greys Mugabe ham harbiylar va aholi orasida katta obröga ega bölgan Mnangagvani bu borada öziga raqib deb bilgan va uni zaharlamoqçi bölgandi.

15 noyabr kuni harbiylar, xususan boş qömondon Çivenga Mnangagvani qöllab- quvvatlab çiqdi va poytaxtni tanklar bilan egallab, diktatorni hokimiyatdan çetlatdi.

21 noyabr kuni Zimbabve parlamenti 37 yil davomida mamlakatga rahbarlik qilgan Robert Mugabening impiçmenti haqida ma'lum qilgandi.