24 noyabrda Emmerson Mnangagva Zimbabve poytaxti Xarareda qasamyod keltirib, mamlakat prezidenti lavozimini bajarişga kirişadi. U mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar ötkazilgungaça boşqaradi.
Mnangagva bu lavozimni mamlakatni 37 yil davomida boşqarib kelgan Robert Mugabening iste'fosidan keyin egallamoqda.
75 yoşli Mnangagva noyabr boşida Mugabe tomondan vitse-prezident lavozimidan çetlatilgandi. OAV ma'lumotlariga köra, Mugabe bu qarorga undan keyin prezident lavozimini egallamoqçi bölgan rafiqasi Greys Mugabe ta'siri ostida borgan. Greys Mugabe harbiylar va aholi orasida katta obröga ega bölgan Mnangagvani bu borada öziga raqib deb bilgan.
Şuningdek, Mnangagva harbiy töntaruv amalga oşirişni rejalaştirayotganlikda gumon qilingan.
Mnangagva öz lavozimidan çetlatilgandan keyin oilasi va öz xavfsizligidan xavotirlanib, mamlakatni tark etgandi.













