Zimbabve yangi prezidenti Emmerson Mnangagvaning ma'lum qilişiça, mamlakatda yangi davlat rahbari saylovlari kelasi yili bölib ötadi.
"Tinçlik va totuvlik 2018 yilgi demokratik saylovlarga qadar hamda undan keyin ham bizning bir-birimizga bölgan munosabatimizni körsatib berişi kerak. Sizlarga bugun şuni va'da qilamanki, saylovlar rejalaştirilgan muddatda bölib ötadi", - deya ma'lum qildi Mnangagva.
Uning çiqişi Bi-bi-si telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.
Ma'lumot uçun, Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar ötkazilgunça boşqaradi.













