Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva Ğarb davlatlarini mamlakatda inson huquqlari buzilişi holatlari tufayli avval qöllangan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi. U Zimbabveda xorijiy investitsiyalar saqlab qolinişini ma'lum qilgan.

«Biz şuni söraymizki, ötmişda bizga qöllangan jazolar qayta körib çiqilişi kerak», — degan Mnangagva prezident sifatidagi ilk çiqişida.

U Zimbabve hukumati xorijiy investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaşini va'da qilgan.

Bundan taşqari, u avvalgi hukumat tomonidan yerlari tortib olingan oq tanli fermerlarning zararlari qoplab berilişini ma'lum qildi.

Qayd etiş kerakki, yangi prezident mamlakatni 37 yil boşqargan diktator Robert Mugabega vitse-prezident hisoblanardi. U oktabr oyida lavozimidan iste'foga çiqarilgan, Mugabe uni davlat töntarişi amalga oşirişga urinişda ayblagandi. Şundan söng u mamlakatdan qoçib ketdi. 15 noyabr kuni esa mamlakat armiyasi Mnangagvani qöllab çiqdi va poytaxtni egallab, Mugabeni hokimiyatdan çetlaştirdi. Bir neça kun ötib, Mugabe lavozimini öz ixtiyori bilan tark etdi.