24 noyabr keçki vaqt Gruziyaning Batumi şahrida joylaşgan “Leo grand” mehmonxonasida çiqqan yonğin oqibatida 11 kişi halok böldi, 21 kişi jarohat oldi.
Ma'lum qilinişiça, yonğin mehmonxonaning spa-markazida çiqqan. Ayni vaqt jasadlar şaxsini örnatiş işlari ketmoqda.
Yonğin mahsulotlaridan zaharlanganlar va jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar. Ulardan 3 nafariga tibbiy yordam körsatilgaç çiqarib yuborilgan, qolgan 18 nafari davolanişda qolmoqda.
Ma'lum qiliinişiça, jabrlanganlar orasida Turkiyaning 5 nafar va Isroilning bir nafar fuqarosi bor. Mehmonxonadan 100 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Yonğin vaqtida mehmonxonada “Miss Gruziya” tanlovi iştirokçilari ham bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, ulardan heç kim jabrlanmagan.
Gruziya içki işlar vaziri Georgiy Gaxariyanning aytişiça, mehmonxonada yonğin xavfsizligi me'yorlari buziliş holatlari mavjudligi, zaxira zinasi bölmagani aniqlangan.
Gruziya boş vaziri Georgiy Kvirikaşvili fojiada aybdor bölgan barçani jazolaşga va'da berdi.
Öz navbatida, Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili halok bölganlar oilasiga hamdardlik bildirdi. Prezident yonğinning öçirilişi va odamlarni qutqarişda iştirok etgan barçaga minnatdorlik bildirgan.
Voqea joyida tergov işlari olib borilmoqda.












