Yengil atletika federatsiyalari Xalqaro uyuşmasi (IAAF) Monakodagi maxsus tantanali marosimda yilning eng yaxşi atletikaçilari nomlarini ma'lum qildi.
2017 yilning eng yaxşi ayol yengil atletikaçisi belgiyalik köp kuraşçi Nafissatu Tiam böldi. Avgustda Tiam 23 yoşini qarşiladi.
Tiam 2016 yilda Rio Olimpiadasining oltin medalini qölga kiritgandi. Joriy yilda sportçi jahon çempioni, yopiq inşootlarda Yevropa çempioni unvonlarini qölga kiritdi.
Uşbu mukofotga efiopiyalik Almaz Ayana (uzoq masofalarga yuguriş) va gretsiyalik Yekaterini Stefanidi (langarçöp bilan balandlikka sakraş) ham da'vogarlik qilişgandi.

Qatarlik balandlikka sakrovçi Mutaz Essa Barşim esa yilning eng yaxşi erkak yengil atletikaçisi deb topildi. Barşim 2017 yilda jahon çempionati ğolibi böldi.
Uşbu mukofotga Londondagi jahon çempionatida 10 ming metrga yuguriş böyiça jahon çempioni bölgan britaniyalik Mo Fara va 400 metrga yugurişda oltin medalni qölga kiritgan janubiy afrikalik Ueyd van Nikerk ham da'vogarlik qilişdi.

Faoliyatini yakunlagan, 8 karra Olimpiya çempioni Useyn Bolt uyuşma prezidentining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
“Yengil atletikaning porlayotgan yulduzi” yönalişida ayollar örtasida venesuelalik Yulimar Roxas (uç xatlab sakraş) ğolib böldi. Erkaklar örtasida bu unvonga Londondagi jahon çempionatida tösiqlar oşa 400 metrga yuguriş böyiça jahon çempioni bölgan norvegiyalik Karsten Varxolm loyiq deb topildi.











