Mexiko aeroportida 24 noyabrda katta miqdordagi brilliantlarni kontrabanda yöli bilan olib ötmoqçi bölgan Ispaniya fuqarosi qölga olindi. 

Ta'kidlanişiça, kontrabandaçi Meksika federal politsiyasi tomonidan uşlangan. U  Kolumbiyaga 11,5 ming dona brilliantni yaşirinça olib ötmoqçi bölgan.

Politsiyada taxmin qilinişiça, erkak Afrikadan olmoslar kontrabandasi bilan şuğullanuvçi xalqaro tarmoq a'zosi bölişi mumkin.

Ispaniyalik özini şubhali tuta boşlagandan keyin, undan qöl yukini tekşiriş uçun beriş söralgan. Unda olmoslar yaşirilgan ikkinçi tub aniqlangan. Olmoslar plastik paketlarga joylaştirilgan bölgan. Qolgan paketlar erkakning tanasiga örab çiqilgan edi.  

Avvalroq Hongkongda bir erkak umumiy qiymati 6 mln. dollar bölgan 9 ta brilliantni yutib, zargarlik dökonini tunamoqçi bölgani ma'lum qilingandi.