2017 yil 19 noyabrdan 21 noyabrga qadar vaqt oraliğida noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro A.E.ning xonadoniga deraza panjarasini sindiriş orqali ğayriqonuniy ravişda kirib, 1.700.000 söm miqdoridagi pullarini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan A.K. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.