Amerikaning Atlanta şahrida 2014 yildan beri Mercedes-Benz Stadium öyingohi barpo qilinmoqda. Şu kunlarda noodatiy va dunyoda öziga xosligi böyiça yagona bölgan «bargli» tom sinovdan ötkazildi. U fotoapparat diafragmasi kabi yopiladi. Muhandis-ekspertlarning fikriça, bu tom mutlaq fantastik konstruksiya hisoblanadi. Bunga qadar heç kim uni bunday ulkan ölçovda barpo qilişning uddasidan çiqa olmagan.
Öyin maydonidan 104 metr balandlikda örnatilgan bölib, 27500 tonna pölatdan yasalgan. Uning barglarining oğirligi 3500 tonnani taşkil etadi. Tomning özi texnologik kuçi va mukammaligi bilan kişida ajoyib taassurot qoldiradi. Uning konstruksiyasi aylana harakat bilan yopilayotganidek tuyulsa-da, aslida optik illyuziyadir. Uning har bir «bargi» — alohida element bölib, u bir-biridan mustaqil ravişda 61 metrlik relslarda oldinga va orqaga harakatlanadi, xolos.
Uning harakatlanuvçi konstruksiyalari mexanizatsiyalaşgan «aravaçalar» bilan jihozlangan bölib, ular bargçalarni içki rels böylab harakatga keltiradi. Ular taşqi tomondan yönaltiruvçi ğildirakli mexanizmlarga mustahkamlangan. Bargli qismlar markazda birlaşib, özaro birlaşadi va suv ötkazmaydigan tomni hosil qiladi. 437 tonnalik barglarning har biriga öziga xos, juda mustahkam, ammo yengil, şaffof va ultrabinafşa nurlarga çidamli material – termoplastik ftorpolimerdan yasalgan uç qavatli ETFE Film (etilentetraftoretilen) surilgan.
Uşbu materialdan barglarda göyoki havo yostiqçalari şakllantirilgan. Umumiy hisobda, barglarga işlov beriş uçun 12541 m2 material işlatilgan.
Natijada tom yopilgan vaqtda yoruğlikning stadionga tuşişiga tösqinlik qilmaydi. Ammo öyinçilar va futbol muxlislarini noqulay ob-havo injiqliklaridan himoya qiladi.












