Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilişiça, muxolif siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişi böyiça sudlangan çeçenistonliklar aybsiz ekani, tarix bu boradagi barça narsani öz örniga qöyişini alohida ta'kidlaydi. U bu haqda «Rossiya 1» telekanali efiridagi «Deystvuyuşçiye litsa s Nailey Asker-zade» körsatuvi davomida ma'lum qilgan.
«Mening tuşunişimga, ma'lumotlarimga qaraganda – ular aybsiz. Demak, men hamon buni notöğri deb hisoblayman. Bu kimgadir kerak edi, özining qandaydir gunohlari bölgan, Nemtsovni öldirişdi – barçasiga yana Qodirov balogardon böldi. Hamma gapirmoqda: Nemtsovni Qodirov öldirdi! Nemtsov – şaxsan men uçun, hamda bizning jamoa uçun – u maqbul şaxs edi», - deya uning sözlarini keltiradi «Interfaks».
«Men bu kimga kerak bölganini bilmayman. Kimdir işni yopişi, qotillarni topgani haqida ma'lum qilişi kerak edi, va – bizda şunday xato qarorlar bölib turadi. Mening fikrimça, tarix bunga baho beradi hamda barçasini öz örniga qöyadi», - deya ma'lum qildi u.
Eslatib ötamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevral kuni Kreml yaqinidagi köprikda otib ketilgan edi.












