Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbuldagi çiqişi vaqtida agar uning mablağlari xorijdagi hisob raqamlarda ekanligini Turkiyaning asosiy muxolif partiyasi – Xalq-respublikasi partiyasi (XRP) isbotlay olsa, iste'foga ketişga tayyorligini aytdi. 

“Agar siz mening pullarim xorijdagi biror-bir bankka qöyilganini tasdiqlay olsangiz, men prezident lavozimidan iste'foga çiqaman”, deb aytgan Erdöğan. 

21 noyabrda XRP rahbari Kamol Qiliçdoröğlu parlamentdagi çiqişi vaqtida Erdöğanning qarindoşlari va yaqin safdoşlari ofşorlardagi kompaniyaga millionlab dollarlar kiritişganini aytgan. Qiliçdoröğlu ta'kidlagandek, bu kompaniyaning dastlabki kapitali 1 funt sterling bölgan, söngra unga millionlab dollar sarmoya qilingan. Muxolifatçi, şuningdek, Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari Turkiya boş vaziri Binali Yildirim öğillarining ofşor kompaniyalarga aloqadorliklari böyiça işning taftiş qilinişini tösişganini tanqid qilgan. U bu hoat böyiça tuşuntirişlar kutib qolişini aytgan.     

Keyinroq Erdöğan Qiliçdoröğludan 1,5 mln turk lirasi (380 ming dollar) miqdorida tovon puli undirilişini sörab sudga da'vo arizasi topşirgan. Prezident advokatlari Qiliçdoröğlu Erdöğanga ziyon yetkazgani va tovon puli tölaşi kerakligini ta'kidlaşgandi.