NASA koinot agentligining Jon Glenn nomidagi tadqiqot markazida “superelastik şina” prototipi yaratildi, deb xabar bermoqda Tech Times naşri.

Bu şinani yaratişda markaz xodimlarining şinalar işlab çiqaruvçi Goodear kompaniyasi mutaxassislari bilan avval yaratgan prujinali şinasi takomillaştirildi. Prototip titan va nikel qotişmasidan tayyorlangan köplab prujinalardan taşkil topgan.  

Işlab çiquvçilarning ta'kidlaşiça, şina “öta elastik” bölib, tösiqdan ötayotganda eziladi, biroq keyin tezda avvalgi holatiga qaytadi. Şu sababli u teşilmaydi. Bundan taşqari, pokrişka katta oğirlikni kötara oladi. 

Uşbu şina marsoxodlar uçun möljallangan bölib, NASA’da bu şinalar kelgusida an'anaviy avtomobil pokrişkalari örniga kelişi mumkinligini aytişmoqda.