Bir yil avval Fastbrick Robotics kompaniyasi özining yangi ğişt taxlovçi roboti Hadrian X haqidagi videosini namoyiş qilgandi. Robotning işlaş tamoyili 3D-printerni yodga soladi, faqat robot maxsus bosmadan çiqaruvçi aralaşma örniga ğiştlardan foydalanadi va ularni oldindan belgilangan dastur asosida teradi. Robot ança muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi hamda ötgan yili kompaniyaga salmoqli mablağ kiritgan buyurtmaçilar va sarmoyaçilar e'tiborini jalb qilişga muvaffaq böldi. Bundan taşqari, kompaniya öz aksiyalarini birjaga qöyib, 35 million dollarga yaqin pul töplaşning uddasidan çiqdi. 

Har biri 0,19 dollarlik jami 184 210 526 aksiya joylandi. Hozir aksiyalar narxi oşmoqda va endi ularning narxi 0,215 dollarni taşkil qilmoqda. Kompaniya öz muvaffaqiyatidan mamnun, robotni esa yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, barça frontlar böylab ilgari surişda davom etişmoqda. Sotuvlar borasida Caterpillar kömak bermoqda. Bundan taşqari, kompaniya Fastbrick'ga 2 million dollar kiritdi va kelgusida yana 6 million dollar yönaltirişga va'da berdi.  

Ğişt taxlovçi robot şu qadar samarali bölib çiqdiki, undan Saudiya Arabistonida uylar qurişda foydalanişmoqçi. Qirollik hukumati va kompaniya vakillari örtasidagi dastlabki kelişuvlarga muvofiq, 2022 yilga borib Hadrian X robotlari kamida 50 ming yangi uy qurişi mumkin.

Hozir, kompaniya mablağga ega bölgan bir paytda işlab çiqaruvçilar mavjud prototiplar sinovlari va takomillaştiriş işlariga alohida e'tibor qaratişmoqda. Manbaga köra, robotlar sotuvi 2019 yilda boşlanib, bir robot bahosi 2 million dollar etib belgilangan. Hadrian X'ga inson yordamining deyarli keragi yöq. U soatiga 1000 ğiştni taxlab, kunu tun işlay oladi. Bu esa ikki kişilik brigadaning kundalik normasini taşkil qiladi.