Yetakçilar har xil böladi. Makiavelli kabi - makkor, şiddatli va şafqatsiz. Ba'zilari esa Buyuk Kir kabi - kamtar, saxiy va sadoqatli. Buyuk sarkardalar qatorida Çingizxon ham yodga olinadi, biroq uni  ehtiyotkorlik bilan çetlab ötişadi: uning sözlaridan parçalar keltirilmaydi va biznesga oid kitoblarda tilga olinmaydi, na seminarlarda va na hatto latifalarda. Axir qonxör yovuzdan nimani ham örganiş mumkin bölardi?

Şunday ekan, köp madaniyatlar Çingizxon xotirasini öçirib taşlaşni ma'qul körişadi. SSSRda, masalan, uni hatto tilga oliş ham taqiqlangan edi. Biroq haqiqat şundaki, har qanday tarixiy şaxsdan nimadir örganiş mumkin bölgani kabi, Çingizxonning ham örnak olsa arzigulik jihatlari bölgan. Çunki u haqida deyarli barça bilganlaringiz - töqib çiqarilgan, deyiladi Forbes'da.

U qiynoqlarni bekor qilgan, diniy e'tiqod erkinligini kiritgan, ajratilgan qabilalarni birlaştirgan, zodagonlar imtiyozlarini inkor qilgan, öz hududlarini meritokratiya tamoyiliga köra boşqargan, örganişni yaxşi körgan va möğul jamiyatidagi ayollar huquqlarini himoya qilgan. U uluğ fath qiluvçi va deyarli yetti asr mavjud bölgan 31 million kvadrat kilometrli imperiyani boşqaruvçi general bölgan. (Qöşma Ştatlar qöşinlari Boğdodni qölga olişganida, bu Çingizxon davridan buyon birinçi marta şaharning muvaffaqiyatli zabt etilişi bölgan).

Ha, u şafqatsiz jangçi bölgan, biroq uning barça işlari köngilxuşlik yölida bölmagan. Hozir "Asosiysi - ğalaba emas, iştirok", deyişadi. Möğullar bu gapga qöşilmagan bölişardi. Töqnaşuvlarda ğalaba qiliş ularning hayoti mazmuniga aylangandi va ular buning uçun qöllaridan kelgança harakat qilişardi. Ular uruşdan keyingi dunyoni ham xuddi şunday iştiyoq bilan qayta tiklaşardi. Boşqa sarkardalar duşman qölidan erta ölim topgan bir vaqtda Çingizxon keksayib, sevimli oilasi qurşovida hayotdan köz yumgan.

Uning buyuk missiyasi oddiy va dangal bölgan: butun dunyoni bir imperiya ostida birlaştiriş. Biroq uning özi aytganidek, "Maqsadlar katta ekan, mening zimmamdagi majburiyatlar ham oson bölmaydi". Tarixiy ma'lumot uçun Jyek Uezerfordning "Çingizxon va zamonaviy dunyoning tuğilişi" kitobiga murojaat qilamiz. U qanday qilib Çingizxon bunday ulkan missiyasini ado etişning uddasidan çiqqanini tuşunişga yordam beradi va uning kuç-qudrati sirlarini oçib beradi. Quyida xonning avlodlari tomonidan saqlab kelingan töqqiz saboği taqdim etiladi.

Işni oxiriga yetkaz