Amerikalik boksçi, 5 ta vazn toifasida jahon çempioni bölgan Floyd Meyuezer yana bir jang ötkaziş uçun ringga qaytişi mumkin. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.  

Naşr ma'lumotlariga köra, Meyuezer 51-jangini ötkaziş uçun ringga qaytiş haqida atrofidagi odamlar bilan gaplaşgan. Biroq sportçi raqib qidirişni e'lon qilişga hali erta deb hisoblamoqda.

40 yoşli boksçi yaxşi jismoniy holatda ekanligini va Las-Vegasdagi sport zallaridan birida töliq yuklama bilan maşq qilayotganini ma'lum qilgan.

2015 yil sentabrda ham boksçi faoliyatini yakunlaşga qaror qilgan, biroq uni irlandiyalik yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor bilan jang qiliş uçun qayta boşlagandi. Meyuezerning irlandiyalik jangçi ustidan ğalabasi faoliyatidagi elliginçisi bölgandi.