LG Electronics Özbekiston bozorida yangi, bitta korpusda ikkita barabanli LG TWIN Wash kir yuviş maşinasini taqdim etdi. Yangi model noyob dizaynda işlab çiqilgan bölib, qator noodatiy jihatlarga ega.

Ikkita barabanga ega bölgani holda, asosiy maşinada katta yuklama bilan ikkita kir yuviş jarayonini amalga oşiriş imkoniyati paydo böladi – 17 kg va maxsus kiçik yuklamali TWINWash Mini – 3,5 kg. Katta barabanda yuviş qiyin bölgan kiyim uçun kuçli kir yuvişni yoqiş mumkin, kiçigi esa bu vaqtda muhim narsalarni ehtiyotkorlik bilan yuvadi.

Foto: LG

TWIN Wash ikki barobarga köproq vaqtni tejaş imkonini beradi. Rangli yoki qora kiyimni yuviş jarayonini kutiş, söng barabanni oq kiyimlar bilan töldirişga hojat yöq. TWIN Wash Mini’ni ajratib oliş uçun heç qanday qöşimça joy talab etilmaydi, u asosiy kir yuviş maşinasi tagiga qulaylik bilan joylaşadi, bu yangi kompakt Slim DD invertorli motori hisobidan ham yuz beradi, u oddiylaridan 40 foizga kiçikroq.

Slim DD kir yuviş maşinasiga oltita harakatlar turi kombinatsiyasini turli mato turlari uçun işlatiş imkonini beradi. Bunda içki kiyimlar, nozik mato yoki maxsus materialga qaralmaydi.

Foto: LG

Yangi kir yuviş maşinasi tebranişining hayratlanarli darajadagi pastligiga avtomobil tirgaklari işi prinsiplariga asoslangan noyob amortizatsiya tizimi yordamida erişiladi.