Norvegiyada yuk poyezdlari tomondan 4 kun içida 106 ta şimol buğusi bosib ketildi, deb xabar bermoqda NRK.
Bu voqea buğularning migratsiyasi vaqtida sodir bölgan: 41 ta buğu 22-24 noyabrda, 65 ta buğu 25 noyabrda bosib ketilgan.
Guvohlarning aytişiça, bu “xunrezlik”dan qor bilan qoplangan temir yöl izining bir neça kilometri qonga burkangan.
Rejissyor Yon Erling Utsi fojia joyidan suratlar olgan. Uning aytişiça, ba'zi buğular tirik bölgan, biroq ularni otib taşlaşga qaror qilingan.
25 noyabrda bosib ketilgan 65 ta buğuning egasi buğular migratsiya qilişidan transport kompaniyasini ogohlantirganini, biroq poyezd maşinistiga tegişli körsatma berilmaganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, 2013 yildan 2016 yilgaça davr içida Norvegiyada 2 mingdan köproq buğu urib ketilgan.












