Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengaşi Özbekistonning qişloq joylarida birlamçi tibbiy-sanitar yordam körsatiş sifatini yaxşilaş uçun 45 million dollar miqdorida zayom ajratilişini tasdiqladi, deb xabar bermoqda OTB matbuot xizmati.
Xabarda ta'kidlanişiça, mamlakatda erta ölimni kamaytiriş va yuqumsiz kasalliklardan himoya qiliş maqsadida birlamçi tibbiy yordam körsatiş qamrovini kengaytiriş kerak.
Birlamçi tibbiy-sanitar yordamni yaxşilaş loyihasi OTBning soğliqni saqlaş sohasidagi 2004 yildan buyon birinçi loyihasi bölib, qişloq vraçlik punktlari asosida taşkil etilayotgan 793 ta yangi oilaviy poliklinikani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta'minlaşni nazarda tutadi.
Özbekiston yangi jihozlar bilan soğliqni saqlaş sohasidagi asosiy qiyinçiliklarni yengişi, xususan, yurak xastaligi darajasini pasaytirişi, tuğuruqdan keyingi parvarişni yaxşilaşi va surunkali kasalliklarning oldini oliş imkoniyatiga ega bölişi kutilmoqda.
Loyiha doirasida tibbiyot xodimlarining yangi poliklinikalarda malakasini oşiriş va 3000 dan ortiq tibbiyot texnikasi operatorlari, şifokor va hamşiralar uçun treninglar ötkaziş rejalaştirilgan.












