Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat taşrifi çoğida prezident Rajab Toyyib Erdöğan bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida turizm tarğiboti Samarqand – Istanbul aviaqatnovini oçiş, turkiyalik jurnalistlarni Özbekistonga taklif etiş haqida gapirgan, «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi raisi U.Roziqulov bu borada va'da bergan edi.

Köp ötmay Samarqanddan Turkiyaning Istanbul şahriga töğridan-töğri aviayönaliş yölga qöyildi.

Bugun ana şu kelişuv yuzasidan turkiyalik jurnalistlar guruhi Samarqandga taşrif buyurişdi. Erta tongda Istanbul – Samarqand reysi bilan uçib kelgan samolyotni kutib oliş uçun «Özbekiston havo yillari» milliy aviakompaniyasi boş direktori birinçi örinbosari Umid Husanov, Samarqand şahri hokimi Furqat Rahimov, turizm masalalari böyiça Samarqand viloyat hokimining örinbosari Munis Voseyev, jurnalistlar va jamoatçilik ahli çiqişdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Karnay-surnay sadolari ostida qardoş jurnalistlar non va şirinliklar bilan kutib olindi. Aeroport foyesida bölib ötgan qisqa suhbatda şahar hokimi F.Rahimov mehmonlarni qutlar ekan, uyuştirilayotgan bu taşrif ikki qardoş xalq örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşiga işonç bildirdi.