25 oktabr kuni Anqarada Özbekiston va Turkiya prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdöğan örtasida muzokaralar bölib ötdi. Ularning yakuni böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuv taşkillaştirildi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan muzokaralar özaro anglaşuv va hurmat ruhida ötganini, imzolangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta'kidladilar.
Xususan, Özbekiston prezidenti turizm, ziyorat turizmi böyiça va har ikki davlat aviakompaniyalari örtasida strategik şerikçilik böyiça muhim hujjatlar imzolanganini ta'kidladi.
“Samarqand-Istanbul reysi yölga qöyiladi. Agarda, ikki aviakompaniya rahbarlari bu yerda ötirgan OAV vakillarini bepul yuboramiz, deb qöl qöysangizlar, birinçi bular Samarqand hamda Buxoroga borib kelsa, keyin yöl oçiladi. Buni mart oyiga çöziş kerak emas, oktabr-noyabrda tezlaştiriş kerak, örtoq Röziqulov. Nima masala bor? Ayting – OAV xodimlarini Özbekistonga bepul taklif qilaman, uç kun davlatda mehmon qilaman, deb va'da bering”, - degan Mirziyoyev “Özbekiston havo yöllari” MAK rahbariga. Öz navbatida, Uluğbek Röziqulov ham bu haqda va'da bergan.
Şundan söng prezident Rajab Toyyib Erdöğan ham “Turkiya havo yöllari” rahbariga murojaat qilgan. Öz navbatida, turkiyalik amaldor ham mahalliy matbuot vakillarini Özbekistonga bepulga olib boriş hamda olib kelişga va'da bergan.

















