Yangi patent arizasiga köra, Apple'ning navbatdagi innovatsiyasi kitob kabi oçib-yopiluvçi, moslaşuvçan ekranli taxlama iPhone bölişi mumkin.
Kompaniya taxlama iPhone bilan biryöla ikki maqsadni közlaydi - katta ekrandan foydalaniş zavqidan mahrum qilmaslik va bunday katta ölçamli telefonning çöntak yo sumkaçaga siğmasligidan taşvişlanmaslik. Uni qoğoz kabi buklab joylaş va kerak bölganda qönğiroqni amalga oşiriş yoki poçtani tekşiriş mumkin böladi.
Patent arizasida aytilişiça, mazkur texnologiya har qanday displeyli elektron qurilmaga nisbatan qöllanişi mumkin - u hoh portativ kompyuter yo smartfon, hoh qöl soati yoki boşqa elektron jihoz bölsin.
Agar Apple bu patentni buklanuvçi ayfonni işlab çiqarişda qöllaşga qaror qilsa, kompaniya xuddi şu texnologiyani özining boşqa mahsulotlarida qöllaşi ham ehtimoldan xoli emas. Masalan, Mac kompyuterlari yoki Apple Watch aqlli soatlari, deb yozadi Fortune. Umuman olganda, patent olişning öziyoq kompaniyaning haqiqatda uşbu texnologiyani amalda tadbiq qiliş niyatida ekanidan dalolat beradi.
Ta'kidlaş joizki, Apple moslaşuvçan ekranli taxlama smartfonga qiziqiş bildirayotgan yagona kompaniya emas. Samsung ham xuddi şu yönalişda iş olib bormoqda. Yaqinda Janubiy Koreya gigantining 2018 yilda Galaxy X taxlama telefonini işlab çiqariş rejalari tasdiqlangani haqida xabar berildi.












