Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev öz lavozimini tark etadi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, uning örnini şu yil avgustidan buyon Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan Jamşid Abduhakimoviç Xöjayev egallaydi.
Elyor Ğaniyevning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.
1960 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan Elyor Ğaniyev 1997-2002 yillarda Taşqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (boş vazir örinbosari), 2005-2006 yillarda Taşqi işlar vaziri (boş vazir örinbosari), 2006-2010 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bölib işlagan. U 2010-2012 yillarda yana Taşqi işlar vaziri (Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari), 2012 yil yanvaridan Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat körsata boşlagandi.
Şu yilning aprelida Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi etib qayta taşkil qilingandi.












