Yoşlikni gohida şiddat bilan oquvçi, yölida uçragan daraxtlarni qöporib, toşlarni surib ketuvçi asov daryoga qiyos qilişadi. Bu öxşatişda qay bir ma'noda haqiqat bor. Yoşlikda kişi unça-munça işni pisand qilmaydi. Ayniqsa, jahli çiqqanda özini boşqara olmay qoladi, vazminlik bilan iş körişni unutadi. Şu bois bölsa kerak, ba'zan nojöya xatti-harakat sodir etsa ham, “Ha endi hali yoş-da! Quyulib qolar...”, deya qilmişi xaspöşlanadi, keçiriladi.

“Huquq” gazetasining yozişiça, biri 1994 yilda, ikkinçisi esa 1995 yilda tuğilgan aka-uka Sardor (ism-familiyalar özgartirilgan) va Sarvar Alimatovlar ham yoşliklariga borişdi, tomirlarida köpirib oqayotgan qonni jilovlab ololmay, oxir-oqibat sudning qora kursisiga ötirişga majbur bölişdi. Aslida ular bilan bölib ötgan holat jahllari çiqişiga arzimaydi ham.

Hammasi telefon qönğiroğidan boşlandi. Bir qiz bilan tanişib qolgan Sardor vaqtinça uning telefon raqamini işlatib yurgan edi. Nima böldi-yu, bir kuni notaniş yigit qönğiroq qilib, bir qizni söradi. Sardor unga yanglişib tuşganini aytsa ham qizni topib berişni talab qiladi. Bundan Sardorning jahli çiqib, qattiqroq gapirib yuborgan edi, şunga yaraşa javob oldi. Köp ötmay yana qönğiroq böldi. Bu safar telefonni Sardorning ukasi Sarvar oldi. Yana öşa savol-javob, yana telefon orqali bir-birini haqoratlaş boşlandi-yu, notaniş yigit telefonini öçirib qöydi. Jahl otiga mingan Sarvar bu voqeani akasiga yetkazdi. Akasi ham uni tinçlantiriş örniga, notaniş yigit bilan erkakçasiga gaplaşib olişga qaror qildi. Şu sababli öşa raqamni terib, uçraşişni talab qildi. Ammo yigit telefonini öçirib qöydi. Sardor ham telefon qilişdan çarçamadi. Oxiri bir hiyla öylab topdi. Taniş bir qizga uning raqamini berdi va qönğiroq qilib, uçraşuvga çaqirib berişni iltimos qildi.

Aka-uka har ehtimolga qarşi uçraşuv joyiga yana bir tanişlarini ham qöşib, boşlab borişdi. Heç narsadan xabari yöq, begona qizning şirin gaplariga uçib, uçraşuvga kelgan yigit, oldidan çiqqan uçovlonni körib, avvaliga hayron böldi. Ular kim ekanligini bilgaç esa, böş kelmadi. Muştlaşuv boşlandi. Natijada notaniş yigit piçoqlanib, kasalxonaga tuşdi. Aka-ukalar esa panjara ortiga ravona bölişdi.

Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar töliq qoplanganligini, şuningdek, sudlanuvçilarga nisbatan da'vosi yöqligini, özaro yaraşib olişganligini, sudlanuvçilar ham qilmişlaridan puşaymon ekanliklarini e'tiborga olib, aka-uka Sardor va Sarvar Alimatovlarga har oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga undirib boriş şarti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi.