Rossiya Içki işlar vazirligining mintaqaviy boşqarmasi migratsiya masalalari böyiça bölimi xodimlari Federal xavfsizlik xizmati zobitlari bilan birgalikda Özbekistondan bölgan beş nafar migrant tomonidan soxta hujjatlardan foydalaniş holatiga çek qöyişdi. Bu haqda Rossiya IIVning Ryazan viloyati böyiça boşqarmasi sayti 28 noyabr, seşanba kuni xabar bergan.

Qonunbuzarlik holati Ryazanning Sovetsk tumanida aniqlangan. Şahar aholisidan Voykov köçasidagi uylardan birida Rossiyada nolegal tarzda bölib turgan fuqarolar yaşaşi haqida ma'lumot kelib tuşgan.

Tekşiruv davomida Özbekistonning 24-34 yoşlar oraliğidagi beş nafar fuqarosi Qirğiziston fuqarosi ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni taqdim etdi. Aniqlanişiça, özbekistonliklar Rossiyaga öz hujjatlari bilan kelişib, bu yerda hozirça şaxsi aniqlanmagan sotuvçilardan Qirğiziston fuqarolari hujjatlarini sotib olişgan. Ular uşbu mamlakat fuqarolariga möljallangan imtiyozlardan foydalanmoqçi bölgani aytilmoqda.

Migrantlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi böyiça jinoyat işlari oçildi, ular 6 oygaça bölgan muddatga qamalişi mumkin.