AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonot berişiça, KXDRning raketa uçirişi Amerikaning Şimoliy Koreya muammosiga yondaşuvini özgartirmaydi. AQŞ esa bu vaziyatni hal eta oladi. 

"Biz buni hal qilamiz. Bu biz hal qila oladigan holat", — degan Amerika yetakçisi. "Heç narsa özgarmaydi", — degan u, AQŞning uşbu muammoga yondaşuvi özgaradimi, deya savol bergan jurnalist murojaatiga javob berar ekan. 

Uning sözlariga köra, AQŞ bu muammoga "juda jiddiy yondaşadi". "Biz bunga juda jiddiy yondaşamiz", — deb qöşimça qilgan Tramp.

Avval xabar berilganidek, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari 29 noyabrga ötar keçasi KXDRning raketa uçirganini qayd etişdi. U Yaponiya sohilidan 210 km uzoqlikka kelib tuşdi. Janubiy Koreya QK ştab boşliqlari qömitasining ma'lum qilişiça, KXDR uçirgan raketa 4,5 ming km balandlikka kötarilib, 960 km uzoqlikka uçgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, Pxenyan qit'alararo ballistik raketa sinovini ötkazgan. 

 

«AQŞdagi istalgan joyga yetib borişi mumkin». KXDR bayonot berdi