Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva davlatga noqonuniy özlaştirilgan mablağlarni qaytarişni istaganlar uçun 3 oylik amnistiya e'lon qildi. Bu haqda ZBC telekanali ma'lum qildi.

Mnangagva öz bayonotida amnistiya davri 2017 yil 1 dekabridan 2018 yil fevrali oxirigaça amal qilişini aytgan.

“Noqonuniy özlaştirilgan jamğarmalarni qaytariş böyiça ilk qadam sifatida hukumat 3 oylik amnistiya e'lon qiladi. Uning amal qiliş davrida har bir kişi biror-bir savolsiz va unga ayblovlar qöyilişisiz mablağlarni qaytara oladi”, deb aytgan prezident.