Xitoyning Google va Apple kompaniyalari hisoblanuvçi — Baidu va Xiaomi — buyumlar interneti va sun'iy intellekt negizida işlaydigan tizimlarni işlab çiqiş uçun birlaşişga qaror qildi. Baidu va Xiaomi IoT va SI texnologiyalarida işlaydigan qurilmalar işlab çiqariş ustida sa'y-harakatlarini birlaştiradi. Kompaniyalar Xiaomi tomonidan Pekinda taşkil etilgan ilk IoT- işlab çiqaruvçilari konferensiyasida hamkorlik qilişlarini e'lon qilişdi. 

TechCrunch portalining yozişiça, Xitoy IT-gigantlari birgalikda kompyuter orqali köriş, ovozni taniş, çuqur örganiş va boşqa sun'iy intellekt texnologiyalar yordamida işlaydigan qurilmalar işlab çiqaradi. Bundan taşqari Baidu uçuvçisiz tizimlarni barpo qiliş, virtual va qöşimça reallik sohalarida keng qamrovli tadqiqotlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Xiaomi kompaniyasi esa, unga bu borada kömaak berişi kutilmoqda. 

Foto: techcrunch.com

Kuçlarni birlaştiriş Xitoy kompaniyalariga Amazon, Google, Microsoft va Apple kabi xorijiy gigantlar bilan raqobat qilişda qöl keladi. Xitoy uçun raqobatçilarni yöqotiş rivojlanişning yangi strategiyasi bilan asoslangan jiddiy zaruriyatdir. Mamlakat 2030 yilga kelib sun'iy intellekt borasida jahon yetakçisi bölişdek ulkan maqsadni közlamoqda. Bu rejani amalga oşiriş uçun Xitoy fan va texnologiyalar vazirligi sun'iy intellekt texnologiyalarini işlab çiquvçi guruhni taşkil etdi. Unga Baidu, Tencent va Alibaba kompaniyalari ham kiritildi.