Ularning ba'zilari işga tuşirilmoqda, bir qismi sinov jarayonida, boşqalarini esa joriy qiliş rejalaştirilmoqda. Hi-Tech bugungi yangilanişlarda paydo bölayotgan va tez orada joriy qilinişi kutilayotgan yangiliklar röyxati bilan taniştirdi:
- Remix funksiyasi — ilovaning yangi versiyasida tanişlarning suratlarini körişda foydalanuvçilar taqriz funksiyalariga kiriş uçun çap tomondagi kamera belgisidan foydalanişlari mumkin böladi. U yerdan nakleykalar, matnlar va suratga bevosita boğliq rasmlar qöşib, uni qayta yöllaşlari mumkin böladi. Bunday funksiya Snapchat'da allaqaçon işga tuşirilgan.
- Töxtovsiz takror — endi kontentni yöllaş oldidan unga "töxtovsiz takror"ga ruxsat beriş mumkin. Bunday holatlarda suratlar va videoroliklar töxtovsiz aylanadi, lekin ularda pauzani bosiş mumkin.
- Regram tugmasi — nihoyat, Instagram şaxsiy Regram tugmasi ustida işlamoqda, u kontentni "reşer" qiliş imkonini beradi. Hozir buning uçun yo surat va videoni qurilmaga saqlaş hamda u bilan şaxsiy akkauntida takroriy bölişiş, yoki Regram kabi qator ilovalarga murojaat qilişga töğri keladi.
- GIF izlaş — aftidan, Instagram, nihoyat, foydalanuvçilarga öz Tarixlari yoki oddiy xabarlariga GIF izlaş va qöşiş imkonini beradi. Servis "giflar"ni joylaş uçun Giphy'dan foydalanadi.
- iOS uçun Instagram Beta — Instagram'ning Android uçun beta-ilovasi allaqaçondan beri mavjud, ammo iOS'da u birinçi marta paydo böladi. Unda servsisning yangi, yopiq beta-servisi sinovida iştirok etiş mumkin böladi.
- Tarix arxivi — hikoyalarni şaxsiy arxivda saqlaş imkonini beruvçi yana bir yangi funksiya. Funktsiya ança trivialdek tuyulişi mumkin, u bir neça oy va hatto yilga moziyga qaytiş imkonini beradi. Umuman olganda, test versiyada gap hozirça faqat kunlar haqida bormoqda.
- Eng yaqin döstlar röyxati — eng yaqin döstlaringizni saralangan guruhga qöşing va siz kontentni aynan ular bilan bölişişga muvaffaq bölasiz. Ta'kidlaş joizki, döstlaringiz siz ularni eng yaqinlar guruhiga qöşganingiz haqida xabardor qilinmaydi. Biroq ular röyxatdagilar yangi post qilsa, bundan xabar topişadi.
- WhatsApp'da bölişiş — Instagram avvalgidek Facebook'ga qaraşli boşqa ijtimoiy tarmoqlar, xususan WhatsApp'dagi döstlaringiz bilan xabarlar yoki profillar almaşiş mumkin böladigan funksionalni sinovdan ötkazmoqda. iOS foydalanuvçilari tez orada bunday imkoniyatni qölga kiritişadi. «Share to Facebook» Android uçun işga tuşib ulgurgan.












