Iroq markaziy hukumati uzunligi 350 km bölgan va sutkasiga bir million neft yetkazib beriş quvvatiga ega Kirkuk - Jayxon yangi neft quvurini işga tuşiriş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Iroq neft vazirligiga asoslanib, «Aanadolu» agentligi xabar qilmoqda.
Bunday qarorga kelinişiga sabab, Mösul şahrining IŞID terrorçilari tomonidan 2014 yilda egallangani va Kirkuk nefti Turkiyaning Jayxon bandargohiga yetkaziladigan quvur jangarilarning hujumiga duçor bölib, uni ta'mirlaşning imokni yöqligidadir.
Yangi neft quvuri yordamida Iroq markaziy hukumati 16 oktabrdagi harbiy operatsiya tufayli olingan Kirkukning neft konlari ustidan nazoratni saqlab qolişni rejalaştirmoqda.
Yangi neft quvuri qurilişi Iroqning Salohiddin viloyatidan boşlanadi. Uning yönalişi Kirkuk va Mösul hududidan ötadi, Duhök viloyatidagi Fişhabur tumanidan ötib, Turkiya hududiga kiradi.
Kirkuk hududida beşta neft koni — «Havana», «Boy Hasan», «Boboğurğur», «Hebaziya», «Janbura» mavjud bölib, ularning har birida quduq qazilgan.
16 oktabrgaça Arbil nazorati ostida bölgan «Havana» va «Boy Hasan» konlaridan har kuni 300 ming barrel neft eksport qilingan.
Iroqning North Oil Company davlat neft kompaniyasi boşqa uç kondan kuniga örtaça 150 ming barrel neft qazib olgan. Ya'ni ayni kunda Kirkukdagi barça neft konlaridan kuniga 450 ming barrel neft olinadi.
Iroq neft vaziri Jabbor Luaybiy 17 oktabr kuni xorijiy investitsiyalar hisobiga uşbu konlardan neft qazib olişni sutkasiga 1 million barrelga yetkazilişini aytib ötgan edi.












