Kanada Milliy mudofaa vazirligi Ottava yaqinidagi ikkita yerosti bunkerlarini qayta oçiş harakatlarini boşlab yubordi. CBC telekanali Kanada hukumatidagi manbaga asoslanib xabar berişiça, bunga Pxenyan tomonidan Şimoliy Amerikaga zarba berilişi xavfi paydo bölgani sababdir.

Yerosti bunkerlari sovuq uruş davrida qurilgan va poytaxt yaqinidagi harbiy baza hududida joylaşgan. Telekanal xabariga köra, Jastin Tryudo ma'muriyatining maxfiy kengaşi boşqarmasi 2016 yildayoq Mudofaa vazirligi bilan şunday ehtimol böyiça maslahatlaşuv ötkazgan va Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilinişi böyiça barça ehtimoliy rejalarni tekşiruvdan ötkazgan.

Çorşanba kuni Kanada Milliy mudofaa vaziri Xarjit Singh Sadjan jurnalistlarning KXDR tomonidan Kanadaga raketalar yöllaşi ehtimoli böyiça savoliga javob berar ekan, Ottava mamlakat uçun har qanday tahdid bilan hisoblaşişini ma'lum qilgandi.