Çorşanba, 29 noyabr kuni Smolniyda “Sankt-Peterburgda Özbekiston Respublikasi Savdo uyi” loyihasini amalga oşiriş masalasi böyiça yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda Peterburg şahar ma'muriyati matbuot xizmati xabar bergan.

Şaharda Özbekiston Respublikasi Savdo uyini oçiş töğrisidagi kelişuvga Peterburg gubernatori Georgiy Poltavçenkoning Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvi vaqtida erişilgandi.

Savdo uyining asosiy faoliyatiga qişloq xöjaligi (yangi, qayta işlangan va quritilgan), paxta hamda Özbekiston kiçik biznesining boşqa mahsulotlarini ilgari suriş aylanadi.

Özbekiston savdo uylari jahonning köplab davlatlarida faoliyat olib bormoqda, faqatgina 2017 yilda dunyoning turli mamlakatlarida 10 ta şunday uy oçildi.