3D-printer hanuz omma orasida keng tarqalmaganiga qator sabablar mavjud. Ularning orasida bosmadan çiqariş tezligi asosiy hisoblanmasa-da, şubhasiz muhim rol öynaydi. Aftidan, Massaçusets texnologiya instituti (MTI) muhandislari bu jarayonni sezilarli darajada tezlaştirişning uddasidan çiqişgan körinadi.
Yangi printerni işlab çiqarişga hali bir neça yil kerak bölsa-da, hozirning özidayoq MTI muhandislari uning zamonaviy muqobillarga nisbatan 10 karra tez bosmadan çiqarişini namoyiş qila olişdi. Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, ularning qurilmasi odatda bosmadan çiqişiga bir soatça vaqt ketuvçi obektlarni ikki daqiqada bosmadan çiqaradi. Videoda printerning real vaqtda işlaşi körsatilgan.
Tizim FDM (aksariyat 3D-printerlarda qöllanuvçi texnologiya) asosida qurilgan: u modellarni eritilgan plastik qatlamlardan yaratadi. Uning faoliyatini tezlatiş uçun muhandislar bosmadan çiqaruvçi asosga bir neça asosiy özgarişlarni kiritdi.
Şu bilan birga, muhandislar bosmadan çiqaruvçi asos yoniga plastikni ança tezroq erituvçi lazerni joylaşdi. Yangi komponentlar yanada tezkor şassiga joylandi.
Endi tezkor printer yaratuvçilari öz işlanmalarining bozordagi taqdiri borasida qaror qabul qilişlari kerak: "Bizning işlanmamiz bozorgaça yetib borsa, juda yaxşi bölar edi, - deydi professor Jon Xart. - Buning qanday röy berişini hozirça bilmaymiz. Biz printerlarni işlab çiqaruvçi va sotuvçi kompaniyani işga tuşirişimiz yoki allaqaçon mavjud kompaniyada işlanmani litsenziyalaşimiz mumkin".












