Eron janubi-şarqida 5,9 magnitudali zilzila sodir böldi, deb xabar qilmoqda Yevropa Örta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC).

Yer osti silkinişlari Kerma şahridan (500 mingdan ortiq kişi) 65 kilometr şimoli-şarqda UTC vaqti bilan soat 02.32 (Toşkent vaqti bilan soat 07.32)da qayd etilgan. Zilzila öçoği 13 kilometrlik yer tubida joylaşgan.

Ehtimoliy qurbonlar va vayronagarçiliklar haqida ma'lumot hozirça yöq.

Eslatib ötamiz, noyabr oyi örtalarida Eron va Iroq çegarasidagi Kirmonşoh viloyatida 7,2 magnitudali vayronakor zilzila yuz bergandi. Yer osti silkinişlari mintaqaning boşqa davlatlari, jumladan Kuvayt, BAA hamda Isroilda ham sezilgan. Mamlakat sud tibbiyoti taşkiloti 505 kişi halok bölgani, 12 mingdan ortiq inson jabrlangani haqida xabar bergan.