Bugun, 1 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Rossiyaning Soçi şahrida ŞHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengaşining 16-yiğilişi doirasida Xitoy boş vaziri Li Ketsyan bilan uçraşdi.

Aripov Xitoy Özbekiston uçun muhim hamkor ekanini e'tirof etdi. U Özbekiston Xitoy bilan turli sohalardagi, transport infratuzilmalari va gidroenergetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini qayd etgan.
Boş vazir Özbekiston Şanghay Hamkorlik Taşkiloti (ŞHT) rivojlanişida Xitoyning rolini yuqori baholaşini va mamlakat Xitoy bilan taşkilot doirasidagi hamkorlikni kuçaytirişini aytib ötgan.
Li Ketsyan Xitoy va Özbekiston döstona aloqalardagi yaqin qöşnilar ekanini aytib ötgan. U joriy yilda ikki davlat örtasidagi munosabatlar örnatilganiga 25 yil tölganini ta'kidlagan.
Şu yilning mayida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan uçraşgandi. Öşanda tomonlar ikki mamlakat örtasida strategik hamkorlikni kuçaytirişga kelişib olişgandi.
«Xitoy-Özbekiston hamkorligi qöşimçalarga muhtoj, şu tufayli tomonlar özaro hamkorlikni yanada töldiriş böyiça yanada köproq kelişuvlarga erişişi zarur», degan Li.
Janob Li ikki davlatni özaro loyihalarni amalga oşirişga va ikki davlat kompaniyalarining özaro hamkorligi uçun zarur şaroitlar yaratib berişga çaqirdi.











