Özbekistonning AQŞga tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Javlon Vahobov AQŞ prezidenti Donald Trampga işonç yorliğini topşirdi. Marosim AQŞ prezidentining rasmiy qarorgohi — Oq uyda bölib ötgan.
«Jahon» AA xabariga köra, marosimdan keyin keçgan suhbat çoğida prezident Donald Tramp keyingi yil mobaynida Özbekistonda körilayotgan çora-tadbirlar «respublikaning aniq-ravşan islohotlar qöllaşni maqsad qilganidan dalolat ekanligini» bayon etdi. Özbekiston tomonidan taşlangan qadamlar, şu jumladan, milliy valyuta konvertatsiyasi ta'minlanişi xalqaro sarmoyadorlar uçun mamlakatning jozibadorligini oşirdi. Amerika ma'muriyati rahbari bolalar mehnatiga barham beriş hamda davlat boşqaruvi tizimida şaffoflik ta'minlanişidagi rivojlanişni olqişladi.
AQŞ prezidenti Özbekiston — Amerika munosabatlarini yanada mustahkamlaşga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, ikki mamlakatning özaro köplab manfaatlari mavjud. «Vaşington kuçli va mustaqil Özbekistonni qöllab-quvvatlaşini tasdiqlaydi, bu mintaqaviy şeriklikka hamda Afğonistonni barqarorlaştirişga yöl oçadi», degan u.
Ta'kidlanganidek, AQŞ Özbekistonning allaqaçon mintaqa mamlakatlari örtasidagi özaro munosabatlar yaxşilanişiga kömaklaşgan «yaxşi qöşniçilik siyosatini» olqişlaydi. Qirğiziston bilan çegaralarining katta qismini delimitatsiya qiliş yuzasidan rasmiy Toşkent tomonidan körilgan çora-tadbirlarning samaradorligi alohida qayd etildi.









