
Toşkent viloyatidagi ikki şaharda: Yangiyöl şahrida – 18 noyabr kuni va Çirçiq şahrida – 23 noyabr kuni UZMOBILE yangi sotuvlar va xizmat körsatiş ofislarining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Mazkur hodisa şahar aholisi uçun haqiqiy bayramga aylandi. Ilgari şaharda faqat çeklangan xizmat turlariga ega bölgan UZMOBILE dilerlik markazlari amal qilardi. Sim-kartalarini almaştiriş yoki raqamni qayta rasmiylaştiriş kabi xizmatlar uçun Toşkent şahriga ovora bölib boriş kerak edi. Endi buning hojati yöq.
Şubhasiz, yangi sotuvlar va xizmat körsatiş ofislarining oçilişi odamlar uçun yanada keng imkoniyatlarni taqdim etadi hamda yangi abonentlarni jalb etadi.

Yangiyöl şahrida ham va Çirçiq şahrida ham ofislar oçiliş kunida tezda UZMOBILE tarmoğiga ulanişni yoki özlarini qiziqtirgan savollariga maslahat olişni xohlovçilar bilan töldi. Biroq xodimlar işlarida asosiy e'tiborni nafaqat jismoniy şaxslarga, balki yuridik şaxslarga ham qaratdilar, jami Yangiyöl şahrida 35ta hamda Çirçiq şahrida 60taga yaqin ulanişni amalga oşirdilar.

Yangi sotuvlar va xizmat körsatiş ofislarining oçilişi şarafiga sovrinli yutuq öyinlari ötkazildi. Har bir xohlovçiga «çiroyli» raqam va Internet-trafik uçun sertifikatlar sohibi böliş imkoniyati berildi. Bu yutuqlar egasi böla olmaganlarga rağbatlantiruvçi sovğalar taqdim etildi. Eng yaxşi sovğa esa mijozlar uçun ham va abonentlar uçun ham uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qoladigan yaxşi kayfiyat böldi.
Reklama huquqi asosida










