Talaba, degan nomga erişiş oson emas. Faqatgina oldiga aniq maqsad qöyib, maktab, akademik litsey va kollejda a'lo baholarga öqigan, bundan taşqari mustaqil ravişda bölajak imtihonlarga puxta tayyorgarlik körgan abituriyentlargina oliy öquv yurtlarida öqiş baxtiga muyassar bölişadi. Fuqaro Şuhrat Boboyev (ism-familiyalar özgartirilgan) ham şunday baxtga erişgan abituriyentlardan. U özining bilimi bilan Moskva Davlat Universiteti talabasi, degan nomga erişgan. Biroq unga özga yurtda öqiş oğirlik qiladi. Şuning uçun ham öqişini respublikamizdagi oliy öquv yurtlaridan biriga köçirişga ahd qiladi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Ş.Boboyev şunday maqsadda yurgan kezlari Yakkasaroy tumanidagi istirohat boğlarining birida fuqaro Nargiza Kamolova bilan tanişib qoladi. Şundan söng ular qönğiroqlaşib, bir-birlaridan hol-ahvol sörab turadigan bölişdi. Ötgan yilning iyun oyida Şuhrat özining maqsadi haqida Nargizaga ham aytadi. Unga iloji bölganida, öqişini Toşkent Stomatologiya institutida davom ettiriş niyatida ekanligini bayon etadi. Firibgarlikni öziga kasb qilib, buning uçun bir neça bor sudlangan Nargiza esa, darhol tanişining bu maqsadidan öz manfaatlari yölida foydalanib qoliş rejasini tuzadi. U darhol Şuhratga yordam berişini aytib, bu işni amalga oşira oladigan tanişlari borligini ham qistirib ötadi. Hatto u bu işni tez orada bitirib berişga va'da berib, yigitning işonçiga kiradi. Oradan bir kun ötib, Nargiza unga qönğiroq qiladi. Tanişlari “perevod” xizmati uçun 25 mln söm sörayotganliklarini aytib, Şuhratni aldaydi. Yigit tanişining gaplariga işonib, aytilgan pullarni uning qöliga tutqazadi va yana bir tanişi haqida öqişini özi kabi Moskva Davlat Universitetidan Toşkent Stomatologiya institutiga köçiriş niyatida ekanligini aytadi. Nargiza uni ham tuzoğiga ilintiriş maqsadida, menga qönğiroq qilsin, deb yigit bilan xayrlaşadi. Mömay pulni osongina qölga kiritgan Nargiza ularni öz ehtiyoji uçun işlatib yuboradi.
Firibgarlik ortidan osongina pul topgan Nargiza endi ikkinçi işga kirişadi. Çunki Şuhrat aytgan odam unga qönğiroq qilgan edi. Bu safar u fuqaro Omon Boymirovning işonçiga kiradi. Firibgarlik yöli bilan Omonni ham aldab, uni Moskva Davlat Universitetining stomatologiya bölimidan Toşkent Stomatologiya institutiga öqişini köçirib berişga va'da beradi. Ayol O.Boymirovdan 12 mln söm olib, pullarni öz manfaatlariga sarflab yuboradi.
Pullarni qölga kiritgan firibgar esa, na Şuhratning, na Omonning köziga körinadi, hatto qönğiroqlariga ham javob bermaydi. Şundan söng jabrlanuvçilar uşbu holat böyiça tegişli joyga ariza bilan murojaat qilişga majbur bölişadi.
Tergov jarayonida ma'lum bölişiça, N.Kamolova firibgarlikni avval ham bir neça marotaba sodir etib sudlangan, jazodan esa öziga tegişli xulosa çiqarmagan ekan. Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi tomonidan unga beş yilu töqqiz oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.











