2016 yilda Istanbul aeroportida terakt taşkillaştirişda gumon qilinayotgan çeçenistonlik Axmed Çatayev 21 noyabrda Tbilisidagi aksilterrorçilik maxsus operatsiyasi davomida öz joniga qasd qilgan. Bu haqda Gruziya davlat xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Nino Giorgobiani jurnalistlarga ma'lum qildi.

Uning aytişiça, politsiyaçilar 22 soatlik maxsus operatsiyadan keyin ikki terrorçini öldirişgan, uçinçi terrorçi bölgan Çatayev öz joniga qasd qilgan.

“Çatayevning şaxsi AQŞning Federal qidiruvlar byurosi kömagida ötkazilgan tekşiruvlar, jumladan DNK va daktiloskopik ekspertiza davomida örnatilgan”, deb aytdi Giorgobiani.

2016 yil 28 iyunda Istanbul aeroportida sodir etilgan teraktda 43 kişi halok bölgandi, 163 kişi jarohat olgandi. Teraktni taşkil etişda “Bir qölli Axmed” laqabi bilan ma'lum bölgan Axmed Çatayev gumon qilingan.