Turkiyaning din işlari boşqarmasi bitkoinni islom ğoyalariga zid deb tan oldi. Bu uning çayqovçilik xususiyati bilan boğlangan, deb yozmoqda Cointelegraph.

Xabarda aytilişiça, musulmonlarga öz tabiatiga köra çayqovçilik instrumentlaridan foydalaniş taqiqlangan. Şu sababli bitkoin islom ğoyalariga zid keladi. Xuddi şu tamoyil qolgan kriptovalyutalarga, jumladan blokçeynlar negizidagi onlayn-xizmat Ethereum’ga ham taalluqli.

“Kriptovalyutalarni sotiş va sotib oliş ayni vaqtda islom me'yorlariga töğri kelmaydi, çunki uning kursi çayqovçilikka boğliqdir. Bitkoin jinoiy faoliyat, jumladan pullarni yuviş uçun oson qöllanişi mumkin va hukumat tomondan nazorat qilinmaydi”, deb ma'lum qilingan Enson Haber naşrida. Bitkoinning jinoiy faoliyat uçun qöllanişi Suriyaga yaqinligi sababli Turkiyaga ayniqsa xavflidir.

Turkiyaning din işlari departamenti Diyanet uşbu bayonotni bitkoinning 11 ming dollardan oşib, söngra 15 foizga arzonlaşgani oldidan 24 noyabrda çop etgan.

Turkiya PayPal tölov xizmati mamlakat hududida taqiqlangandan keyin ma'lum vaqt bitkoin-startaplarni jalb qilgan. PayPal’ning örnini mahalliy bitkoin-birjalar egallagan, biroq BTCTurk 2016 yilda uşbu faoliyatni töxtatgan, çunki hukumat uning hisob raqamini ogohlantirişsiz töxtatgan. Treyderlar uçun bitkoin turk lirasi örniga yaxşi muqobil hisoblanadi.

Islom istalgan çayqovçilikni, qimor öynaş va sudxörlikni taqiqlaydi. Musulmon davlatlarida bu qoidalardan qoçiş uçun islom bankingi paydo bölgan. Turkiyada köp yillar davomida ommaviy joylarda islomga berilganlikni namoyiş qiliş ma'qullanmagan, biroq amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdöğan dinni qöllab-quvvatlovçi siyosat olib boradi.